Yurtimizda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?
- May 29,2016
- 25 views
Ularning:
539 nafari o'g'il,
555 nafari qiz.
Eng ko'p tug'ilish Farg'ona viloyatida (138 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o'rinlarni:
Surxondaryo viloyati (135 nafar),
Samarqand viloyati (125 nafar),
Qashqadaryo viloyati (121 nafar),
Namangan viloyati ( 110 nafar) band etdi.
Eng kam tug'ilish esa Sirdaryo viloyati (19 nafar) hissasiga to'g'ri keldi.
E'tiborlisi, tug'ilganlar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor, ya'ni 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.
Ayni paytda shifokorlarimiz go'daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo'yicha sifatli tibbiy xizmat ko'rsatmoqda.
Yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tug'uruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika bo'ylab jami 4913 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko'rsatmoqda.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizda 2021 yilning shu davrida 1086 nafar, 2022 yilda — 1448 nafar, 2023 yilda — 1312 nafar, 2024 yilda — 1043 nafar, 2025 yilda — 1040 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.




